Kuchlilar Blog

❓ Nega ko‘pchilik maqsad qo‘yadi-yu, baribir o‘sha joyida qoladi?

Maqsad — niyat emas. U bajarilishi shart bo‘lgan majburiyat. Ko‘pchilik maqsadni ichki qaror deb emas, chiroyli niyat deb o‘ylaydi.

🎯 Maqsad qo'ydingizmi - harakat qiling (hayolni yig'ishtiring)
🎯 Maqsad qo'ydingizmi - ishni boshlang (o'tirvolib o'ylanmang)
🎯 Maqsad qo'ydingizmi - erishing (siz kuchli insonsiz!)
Shu og'riqlar sizda ham bormi?
“Menda ham shunaqa holat bor” deydiganlar Telegramda 🤚 qoldiring.
1) Maqsad og‘riq tug‘dirmaydi
Agar maqsad qulaylikni sindirmasa — bu shunchaki orzu. ❄️ Haqiqiy maqsad bezovta qiladi.
2) Maqsad bor, lekin qiymat yo‘q
Narxi aniqlanmagan maqsad ishlamaydi: nimadan voz kechasan, qaysi og‘riqqa chidaysan?
3) Maqsad tashqaridan olingan
Instagram/jamiyat/solishtirish — bu sening maqsading emas. ❄️ Begona maqsad qarshilik tug‘diradi.
4) Intizom yo‘q, motivatsiyaga suyanish bor
Motivatsiya keladi-ketadi. Intizom qoladi. ❄️ Maqsad intizomsiz yashamaydi.
5) Maqsad harakatga aylanmagan
Bugun aniq nima ish qilding? ❄️ Maqsad emas, kunlik harakat hayotni o‘zgartiradi.
6) O‘zini aldash mexanizmi ishlaydi
Reja tuzib tinchlanish, o‘ylab qilgandek bo‘lish, gapirib harakat o‘rnini bosish. ❄️ Ong aldaydi.
7) Mas’uliyat olinmaydi
Aybdor qidirilsa, bahona ko‘p bo‘lsa — natija bo‘lmaydi. ❄️ Maqsad mas’uliyat bilan tirik qoladi.
Davomini Telegram’da davom ettiramiz

Har kuni bitta kuchli fikr + bitta amaliy topshiriq.