Yangilandi: 2025-11-04 · ~6 daqiqa o‘qish

Kuchlilar loyihasi haqida

Kuchlilar — bu har kuni +1% o‘sish g‘oyasiga tayanadigan ekotizim: intizom, sog‘lom odatlar va fokus orqali katta natijaga kichik, ammo uzluksiz qadamlar bilan borish.


Maqsadimiz

Insonlarga o‘zini majburlamasdan, tizimlar yordamida barqaror rivojlanishda ko‘mak berish. “Motivatsiya ketadi, tizim qoladi” — biz aynan shunday tizimlarni quramiz.

  • Intizom: kundalik reja va javobgarlik.
  • Odatlar: kichik, oson boshlanadigan, o‘lchanadigan odatlar.
  • Fokus: chalg‘ituvchilarsiz chuqur ish (Deep Work).

Asosiy modullar

  1. 100 kunlik marafon — maqsad/odatlar bo‘yicha kundalik hisobot, progress va badge’lar. Batafsil →
  2. Fokus rejimi (Pomodoro) — chalg‘imasdan ishlash uchun taymer, sesiyalar statistikasi va streaklar.
  3. Mutolaa o‘rmoni — o‘qish odatini gamifikatsiya orqali mustahkamlash (o‘qigan betlar daraxt bo‘lib o‘sadi).
Har kuni 1% yaxshilanish — bir yilda 37x natija. Katta sakrash emas, to‘xtamaslik muhim.

Nega bu ishlaydi?

  • Mikro-qadamlar: boshlash oson, davom ettirish esa tabiiy.
  • O‘lchanish: ko‘rinarli metrikalar motivatsiyani ichkaridan qo‘zg‘aydi.
  • Jamoa: birga progress qilish — ijobiy bosim va qo‘llab-quvvatlash beradi.

Yo‘l xaritasi (Roadmap)

  • V1: 100-kun, Fokus, Mutolaa (beta), profil va badge’lar.
  • V2: Haftalik sharhlar, maqsad trekeri, ko‘rsatkichlar paneli.
  • V3: “Kuchlilar AI” — shaxsiy reja, tavsiyalar va analitika.

Qanday qo‘shilasiz?

Platformaning ichki dashboard/web ilovasiga app.kuchlilar.com orqali kiring. Avval qisqa onboarding, so‘ng o‘zingizga mos challenge tanlaysiz.


Muallif: Kuchlilar jamoasi. Fikr va takliflaringizni yozing: hello@kuchlilar.com